Foto: «Pixabay/homw»
Rossiya fanlar akademiyasi yuqori haroratlar qo‘shma instituti olimlari aluminiyni qo‘shimcha kimyoviy birikmalarsiz suvda yoqishning uddasidan chiqishdi. Bu haqda 10 iyun, chorshanba kuni institut matbuot xizmatiga tayanib «RIA Novosti» xabar berdi.
Ushbu kashfiyot metallarni yoqilg‘i sifatida ishlatadigan ekologik toza elektr qurilmalarning yaratilishiga imkon beradi. Ular benzin va dizelli dvigatellardan ko‘ra ancha samaraliroq.
«Zamonaviy transport vositalari metalldan yasalgan bo‘lib, yoqilg‘i sifatida uglevodorod ishlatadi. Ekologik toza transport buning mutlaqo aksi bo‘lishi mumkin: uglevodorod konstruksion material sifatida ishlatiladi, yoqilg‘i sifatida esa metall ishlatiladi», — deydi loyiha rahbari, Rossiya fanlar akademiyasi yuqori haroratlar qo‘shma instituti energiyani saqlovchi moddalar laboratoriyasi boshlig‘i Mixail Vlaskin.
Aluminiyni suvda oksidlash uchun ilgari olimlar suvga yoki aluminiyga turli kimyoviy qo‘shimchalarni qo‘shishgan.
Endi rossiyalik mutaxassislar aluminiyni hech qanday qo‘shimchalarsiz yopiq joyda suv bug‘ida yoqish orqali o‘z maqsadlariga erishish mumkinligini isbotlashdi. Yonish natijasida gazsimon o‘ta toza vodorod, qattiq aluminiy oksidi hosil bo‘ladi va issiqlik energiyasi ajraladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar