
Yandeksning yangi “Alisa AI” ilovasi Rossiya AppStore reytingida bepul ilovalar orasida birinchi o‘rinni egalladi, shuningdek Google Play da ham kuchli uchlikka kirdi. Taqdimotdan so‘ng ilovaga talab keskin oshdi — u yarim million martadan ortiq yuklab olingan, bu esa odatdagidan 5 barobar ko‘p ko‘rsatkichdir.
28 oktyabr kuni o‘tkazilgan “Alisa, nima yangiliklar?” konferensiyasida Yandeks o‘zining yangilangan neyron tarmog‘ini namoyish qildi. Yangilangan Alisa minglab haqiqiy foydalanuvchi so‘rovlariga asoslanib o‘qitilgan va endi savollarga nafaqat aniq, balki to‘liq vizual ma’lumotlar — rasmlar, videolar va Yandex Xaritalar yordamida javob bera oladi.
Yaqin vaqt ichida Alisa AI ga intellektual agentlar qo‘shiladi. Shuningdek, yangi “Mening xotiram” funksiyasi foydalanuvchining rejalarini eslab qolib, muhim vazifalarni o‘z vaqtida eslatib turadi.
Yangilangan Alisa nafaqat ilova sifatida, balki alice.yandex.ru veb-sayti va Yandeks Qidiruv tizimida ham ishlamoqda. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yaqin kunlarda u Brauzer va Yandex Go ning barcha ilovalarida ham paydo bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!