date

Saida Mirziyoyeva bugun 40 yoshni qarshi olmoqda

Saida Mirziyoyeva bugun 40 yoshni qarshi olmoqda

Bugun, 4 noyabr kuni, O‘zbekiston Prezidentining Ma’muriyati rahbari, davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning katta qizi Saida Shavkatovna Mirziyoyeva o‘zining 40 yoshini nishonlamoqda.

Saida Mirziyoyeva so‘nggi yillarda mamlakatning ijtimoiy, ma’naviy va madaniy hayotida faol ishtirok etib kelmoqda. U O‘zbekiston axborot siyosatini modernizatsiya qilish, so‘z erkinligini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy loyihalarni ilgari surish va ayollar faolligini oshirish borasidagi tashabbuslari bilan tanilgan.

Shuningdek, u yoshlar, ta’lim va ekologiya yo‘nalishlarida ham qator tashabbuslarga bosh bo‘lib kelmoqda. Ko‘plab xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan, mamlakat imidjini dunyo miqyosida mustahkamlash yo‘lida faoliyat olib bormoqda.

Bugungi kunda u nafaqat davlat tizimidagi rahbar, balki jamiyatda faol ayol, ota-onalarga, ayniqsa ayollar va yosh qizlarga o‘rnak sifatida ko‘riladi.

Saida Shavkatovnani tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga sog‘lik, uzoq umr, tinimsiz ilhom va O‘zbekiston ravnaqi yo‘lidagi faoliyatida yuksak zafarlar tilaymiz.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Saida Mirziyoyeva bugun 40 yoshni qarshi olmoqda