
Texnologiya giganti Apple 2025-yilning to‘rtinchi choragi va butun moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha rekord daromad qayd etdi. Kompaniya tarixida ilk marta bayram mavsumi bo‘lmagan chorakda ham yillik sof foyda 100 milliard dollardan oshdi, deb xabar berdi Bloomberg.
Rasmiy hisobotga ko‘ra, Apple’ning umumiy sof foydasi 112 milliard dollarni tashkil etgan. Bu raqam kompaniya tarixidagi eng yuqori moliyaviy natija hisoblanadi.
Bir yil avvalgi moliyaviy hisobotda bu daraja Irlandiyadagi soliq nizosi tufayli amalga oshmagan edi. Biroq joriy yilda muammolar bartaraf etilib, kompaniya foydasi keskin oshgan.
Natijada Apple yillik foydasi 100 milliard dollardan oshgan sanoqli gigantlar — Vodafone, Saudi Aramco va Alphabet qatoriga qo‘shildi.
Qiziqarli jihati shundaki, kompaniyaning foydasi 2006-yildan beri 50 barobarga o‘sgan.
Masalan:
2010 yilda — 10 milliard dollar,
2019 yilda — 20 milliard dollar,
2024 yilda esa — 36 milliard dollar foyda qayd etilgan edi.
Mutaxassislarning fikricha, bunday yuksak natijaga iPhone 16 sotuvlari, xizmatlar segmentining kengayishi va Apple Intelligence texnologiyalarining joriy etilishi sabab bo‘lgan.
Shu tariqa, 2025-yil Apple uchun yangi moliyaviy rekordlar yili sifatida tarixda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!