23:57 / 25.07.2020
3 205

Koronavirusni bir zumda aniqlaydigan asbob ixtiro qilindi

Koronavirusni bir zumda aniqlaydigan asbob ixtiro qilindi
Foto: EPA
Kolumbiya okrugidagi Jorj Vashington Universiteti olimlari yaratgan kichik uskuna bemorda koronavirus borligini deyarli bir zumda aniqlaydi, deb yozdi MedicalXpress portali.

Oltin bilan qoplangan nozik simlar gazsimon moddalarga reaksiya bildiradi va ular tarqatayotgan nurlarning rangini o‘zgartiradi. Asbobni ishlatish uchun detektorning yuzasiga reagent suriladi. Unga koronavirus zarralari tushganida, rangi o‘zgaradi. Bu jarayonni telefonning kamerasi orqali ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Olimlar fikriga ko‘ra, bu ixtironining kelajagi istiqbolli. Uni yordamida bemorlarning ma’lumotlar bazasini yaratib, bulutli servislarda saqlash mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Koronavirusni bir zumda aniqlaydigan asbob ixtiro qilindi