Foto: TechCrunch
2020 yilning 2-choragida YouTube videoxostingi 11,4 mlnta videorolikni o‘chirib tashlagan. Bu kompaniya uchun rekord ko‘rsatkichni tashkil qiladi. 2019 yilning aprel-iyun oylarida YouTube’dan 9 mlndan kamroq rolik o‘chirilgan.
O‘chirilgan videolarning bunday ko‘pligi YouTube qoidalarini buzuvchi roliklarni avtomatik ravishda topib, uni o‘chiradigan algoritmlarning faolroq qo‘llanishi bilan bog‘langan. Videoxosting koronavirus pandemiyasi ortida xodimlarini masofadan ishlashga o‘tkazgani sababli ushbu algoritmlarga ko‘proq ishonch bildira boshlagan.
YouTube’ga egalik qiluvchi Google kompaniyasi may oyida koronavirus haqidagi roliklarni joylashtirish qoidalari va taqiqlangan mavzular ro‘yxatini e’lon qilgan. Endilikda YouTube’da koronavirus haqida salomatlikka jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan kontentni, JSST va mahalliy sog‘liqni saqlash tizimi rasmiy manbalari ma’lumotlariga zid bo‘lgan yolg‘on ma’lumotlarni e’lon qilish taqiqlangan.
Gap koronavirusni davolash, oldini olish, tashxislash va virusning yuqishi haqidagi kontent haqida bormoqda. Misol uchun, koronavirusni davolash haqidagi yolg‘on ma’lumotlar sirasiga foydalanuvchilarni tibbiy yordam so‘rashdan qaytaruvchi va koronavirusni uy sharoitlarida davolashga chaqiruvchi materiallar kiradi. Shuningdek, koronavirusning yuqishi yo‘llari haqidagi yolg‘on ma’lumotlarga koronavirus virusli va yuqumli infeksiya emasligi, muayyan iqlim va geografik sharoitlarda tarqalmasligi haqidagi ma’lumotlar kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?