Foto: Pixabay
GSMArena sayti Apple @RUMORs nikli insayderga asoslanib Twitter’da turli xotira hajmlariga ega to‘rtta yangi iPhone’larning narxini e’lon qildi. Bu haqda Hi-Tech.Mail.ru xabar berdi.
Eng arzon ayfon o‘tgan yilgi iPhone 11’dan 50 dollarga arzon — 649 dollar evaziga sotuvga chiqariladi.
IPhone 12 mini 64 GB — 649 dollar, 128 GB— 699 dollar, 256 GB — 799 dollar, iPhone 12 64 GB — 749 dollar, 128 GB— 799 dollar, 256 GB — 899 dollar, iPhone 12 Pro 128 GB — 999 dollar, 256 GB — 1099 dollar, iPhone 12 Pro Max 128 GB — 1099 dollar, 256 GB — 1199 dollar.
Bunda smartfonlar 5G versiya bilan ko‘rsatilganmi, yoki 4G bilanmi, tushunarsiz.
Gap-so‘zlarga ko‘ra, yangi avlod mobil tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlovchi tizim joriy qilingani bois ayfonlarning tannarxi qimmat bo‘lib ketgan, shuning uchun kompaniya tejamkorlik nuqtai nazaridan komplektatsiyadan quvvatlash moslamasi hamda quloqchinlarni olib tashladi. Ayfonlarga faqat Lightning kabel qo‘shib sotiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi?
Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”