17:22 / 10.11.2023
124

Grippdan himoyalanishda asqatadigan tavsiyalar

Foto: “Noviy ochag”
 

Gripp va infeksion kasalliklar mavsumi ham allaqachon boshlangan. Bunday vaziyatda salomatlikda muammo kuzatilmasligi uchun immunitetni mustahkamlash va gigiyena qoidalariga rioya qilish zarur.

Niqob taqishni unutmang

Infeksiya va viruslar havo tomchi yo‘li orqali yuqqani bois ham mazkur tavsiyaga amal qilish shart.

Qo‘llaringizni tez-tez yuvib turing

Qo‘lni faqat ko‘chadan kelgandan keyin yoki ovqatdan avval yuvish kerak, degan tushuncha bugungi kunga kelib o‘zgardi va mutaxassislar tomonidan qo‘llar tez-tez sovun bilan yuvib turilishi yoki sanitayzerdan foydalanish tavsiya qilinadi.

Yuzingizga teginmang

Yuvilmagan qo‘llarda virus bo‘lishi va qo‘lni yuzga olib borganda organizmga kirishi mumkin. Qo‘llarni yuvmasdan yoki toza salfetkasiz yuzingizga tegina ko‘rmang.

Tiniqib uxlang

Uxlash nafaqat ahvolingiz yaxshilanishi, balki organizm virus bilan kurashishi uchun ham muhim. Tiniqib uxlaganda immun sistemasi yaxshi ishlaydi.

Grippga qarshi emlaning

Har yili grippning turli shtammlari paydo bo‘layotgani sabab mutaxassislar vaqtida mazkur kasallikka qarshi emlanish kerakligini tavsiya qiladi. Ammo o‘zboshimchalik qilmaslik, shifokor maslahatiga binoan amalga oshirish kerak.

Meva va sabzavotlarni iste’mol qiling

Vitamin va foydali moddalarga boy ekani sabab ham immunitetni mustahkamlash uchun sabzavot va mevalarni kanda qilmaslik tavsiya etiladi.

Sport bilan shug‘ullaning

Jismoniy mashqlar organizm va a’zolar faoliyati, xususan, immun sistemasi uchun ham foydali sanaladi. Buning uchun og‘ir mashqlarni bajarishga hojat yo‘q. Shunchaki har kuni toza havoda sayr qilishning o‘zi kifoya.

Bemorlar bilan ijtimoiy masofa saqlang

1,5-2 metr masofa saqlash qoidasi bu yilda har qachongidan ham ahamiyatliroq. Kasallik alomatlari bor yoki bemor insonlarga iloji boricha yaqin bormaslikka harakat qiling.

Taom va ichimlikni shaxsiy idishingizda iste’mol qiling

Ishxona yoki uyda o‘zingizning shaxsiy tarelka, finjon va sanchqingiz bo‘lsin. Har doim ishlatishdan avval qaynoq suvga chayib, keyin ishlating.

Matodan tikilgan sumka va hamyonlardan foydalanmang

Matodan tikilgan sumka va hamyonlarni mikroorganizmlardan tozalash qiyin bo‘lgani sabab ham charm matosidan tikilganiga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.

Xudbin bo‘lmang, boshqalarni ham o‘ylang

Shamollagan yoki kasallangan bo‘lsangiz, uydan chiqmang. O‘zingizni yaxshi his qilsangiz ham, niqob taqib yuring, aksirmoqchi bo‘lsangiz, niqob bo‘lmasa atrofdagilarga virus tarqatmaslik uchun chetga qarab, tirsakning ichki qismi bilan og‘zingizni yoping.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Grippdan himoyalanishda asqatadigan tavsiyalar