Foto: “Noviy ochag”
Eng ko‘p tarqalgan gipertoniya kasalligi nafaqat kattalar, balki yoshlarda ham kuzatilishi, uning kelib chiqishiga esa turli omillar sabab bo‘lishi mumkin.
Gipertoniya xavfining rivojlanishiga sabab bo‘luvchi omillar
Tuzni haddan ortiq iste’mol qilinishi
Qancha ko‘p tuz iste’mol qilinsa, arterial bosimning osish xavfi shuncha yuqori bo‘ladi. Tarkibida suvni o‘zida ushlab turuvchi faol modda bo‘lgani hisobiga natriy tomirlar ichida suv ushlab qolinadi. Bu esa bosimning oshishiga sabab bo‘ladi. Iste’mol qilinadigan tuz miqdorining kamayishi esa qon bosimining sezilarli kamayishiga sabab bo‘ladi. Go‘sht, tuxum, sabzavot, baliq mahsulotlari tarkibida tabiiy natriy bo‘lgani sabab esa ularni tuzsiz iste’mol qilsa ham bo‘ladi. Sho‘r taomlarni yaxshi ko‘radiganlar tuzdan voz kechishi natijasida qon bosimining tushishi kuzatiladi. Kaliyga boy mahsulotlar bodring, qovoq, bulg‘ori qalampiri, yashil no‘xat va ko‘katlar iste’moli ham qon bosimini pasayishiga ta’sir qiladi. Gipertoniyadan aziyat chekadigan va kelib chiqish xavfi yuqori bo‘lgan kishilarga DASH parheziga rioya etish tavsiya qilinadi.
Vazn ortishi va semirish
Vazn qancha ortiq bo‘lsa, qon bosimi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Ortiqcha vaznli kishilarda qon bosimining yuqori ekanining sababi turli va bir qancha omillar: gormonal o‘zgarish, leptin miqdorining oshishi, tomirlar patologiyasi va ateroskleroz bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Chekish
Qon tomirlari zararlangani sabab ham qon bosimi ortishi ko‘p kuzatiladi. Me’yorda qon bosimi ko‘tarilganda tomirlar kengayishi kerak, bu kompensatsiya hisobiga bosim o‘z holiga keladi. Chekadigan kishilarning qon tomir devorlari yupqalashadi, bu esa ularning qisman yoki butkul kengaya olmasligiga sabab bo‘ladi. Blyashkalar(zararlangan qon tomirlardagi xolesterin birikmasi)ning paydo bo‘lishi ham gipertoniya xavfini oshiradi.
Kam harakatlilik
Jismoniy faollik kamligi hisobiga kaloriya sarflanishi ozayadi, vazn to‘planadi va qon tomirlar tonusi buziladi. Muntazam ravishda jismoniy faol bo‘lish esa qon bosimining me’yorda bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shunga qaramay, qon bosimi yuqori bo‘lgan kishilarga avvalo uni me’yorlashtirib, keyin jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish tavsiya qilinadi.
Surunkali stress
Tomirlar holatining yomonlashishi hisobiga stressning surunkali kuzatilishi ham gipertonik kasallikka sabab bo‘ladi. Asabiylashganda chekish shundoq ham qiyin bo‘lgan organizmga yanada zarar yetkazadi. Bu esa xavfning ikki karra ortishiga sabab bo‘ladi.
Spirtli ichimlik
Spirtli ichimlikni ko‘p iste’mol qilish nafaqat qon bosimi ortishi, balki yurak, buyrak va qon tomir kasalliklari kelib chiqishiga ham sabab bo‘ladi.
Yuqoridagilardan tashqari o‘zgartirish mumkin bo‘lmagan boshqa xavf omillari ham mavjud
Yosh (yosh o‘tishi bilan kasallik xavfi yuqori bo‘ladi), jins (erkaklarda gipertoniyaning kechishi og‘irroq bo‘ladi), irsiyat va kelib chiqish (afroamerikaliklarda gipertonik kasalliklar ko‘p kuzatiladi). Buyrak, nevrologik, qalqonsimon bez kasalligi bor kishilarda ham qon bosimining ortish xavfi yuqori bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Britaniya Rossiyaga qarshi urushga tayyorligini e’lon qildi
"JCH-2026" saralashi. O‘zbekiston qiyinchilik bilan KXDRni mag‘lub etdi