Tez vazn tashlashning organizmga qanday zararlari bor?

Ko‘pchilik qisqa vaqt ichida vazn yo‘qotishga intiladi. Biroq mutaxassislarning ta’kidlashicha, juda tez ozish organizm uchun turli salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa qat’iy parhezlar va keskin kaloriya cheklovlari sog‘liq uchun xavf tug‘diradi.
Tez vazn tashlash natijasida organizm zarur vitamin va minerallarni yetarli miqdorda ololmay qoladi. Bu esa holsizlik, bosh aylanishi, immunitetning pasayishi va ish qobiliyatining kamayishiga olib kelishi mumkin. Ayrim hollarda soch to‘kilishi va teri bilan bog‘liq muammolar ham kuzatiladi.
Mutaxassislar keskin ozish mushak massasining kamayishiga ham sabab bo‘lishini ta’kidlashadi. Organizm energiya yetishmasligi sabab nafaqat yog‘larni, balki mushak to‘qimalarini ham yo‘qota boshlaydi. Bu esa modda almashinuvining sekinlashishiga va keyinchalik vaznning tez qaytishiga olib kelishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!