Karamni ortiqcha iste’mol qilish qanday oqibatga olib keladi?

Karam foydali sabzavotlardan biri hisoblanadi. U tarkibidagi vitaminlar, tolalar va antioksidant moddalar sabab immunitetni mustahkamlash hamda ovqat hazm qilish tizimini yaxshilashga yordam beradi. Ayniqsa, parhez tutayotgan insonlar orasida karamga talab yuqori.
Biroq mutaxassislarning aytishicha, karamni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish ayrim noqulayliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Eng ko‘p uchraydigan holatlardan biri ichaklarda gaz to‘planishi va dam bo‘lishidir. Bu ayniqsa oshqozon-ichak tizimi sezgir insonlarda kuchliroq seziladi.
Shuningdek, qalqonsimon bez faoliyati bilan bog‘liq muammosi bor insonlarga ham karamni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilish tavsiya etiladi. Chunki ayrim hollarda karam tarkibidagi moddalar yod moddasi o‘zlashtirilishiga ta’sir qilishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!