19:47 / 06.03.2024
239

Sarimsoq bilan shamollashni davolash mumkinmi?

Sarimsoq bilan shamollashni davolash mumkinmi?
TikTok, YouTube kabi tarmoqlarda sarimsoq donasini burniga solib, so‘ng burundan ko‘p miqdorda suyuqlikni chiqarib yuborish orqali shamollashni davolash videolari keng tarqalib ketdi.

Mazkur video mualliflarining fikricha, sarimsoq shu tarzda burun oqishidan qutqaradi. Aslida-chi?

Burunga solingan sarimsoq uning oqishini to‘xtatadimi?

Foto: Pinterest
Yo‘q, yordam bermaydi. Sarimsoq solingach burundan ajraladigan ko‘p miqdordagi shilimshiq modda shamollashning yo‘qolishidan emas, balki burun ichki qavatiga mexanik zarar yetganidandir.

Burun ichki shilliq qavatiga tushgan har qanday predmet uni yallig‘laydi, shamollash paytida yuqoridagidek usuldan foydalanish vaziyatni yomonlashtirib, burundagi mavjud shilimshiq uzoqroq vaqtga qolib ketishiga olib keladi. Shamollashda sarimsoqdan foydalanish burun ichida toshma toshishiga, allergiyaga va hattoki qon ketishiga sabab bo‘ladi. Buning ustiga, burun teshigiga solingan sarimsoq bo‘lagi shunchaki tiqilib qolishi mumkin. Sarimsoq piyoz haqiqatda ham foydali sabzavot, lekin uni boshqa usulda qo‘llash kerak.

Nega sarimsoq xalq tabobatida keng qo‘llaniladi?

Foto: Dzen
Aslini olganda burun oqishi, yo‘tal kabilar o‘tkir respirator virusli infeksiyalarning bir alomati bo‘lib, bunday turdagi shamollashlar davolanmaydi. Kasallikning faqat simptomlarini yengillashtiriladi va u 7-10 kunda o‘zi o‘tib ketadi. Demak, sarimsoq shamollashni davolovchi xususiyatga ega emas.

Sarimsoq yallig‘lanishga qarshi ajoyib vosita bo‘lib, 2 oy davomida kuniga 40 gr sarimsoq ekstraktini iste’mol qilgan insonlarda yallig‘lanish alomatlari kamaygan. Shuningdek, ushbu sabzavot tarkibidagi polifenol moddasi antioksidant vazifasini bajaradi. Immunitet tizimini oshirish uchun qancha sarimsoq iste’mol qilish individual tarzda hisoblab chiqiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Sarimsoq bilan shamollashni davolash mumkinmi?