Qachon so‘nggi bor tish do‘xtiri huzuriga borganingizni eslay olasizmi? Javobingiz “yo‘q” bo‘lsa, unda albatta yaqin kunlarda boring. Chunki kasal tishlar juda ko‘p xastaliklarga sababchi bo‘lishi mumkin, ular orasida oshqozon yarasi va gastrit eng “beozor”laridir.
Og‘iz bo‘shlig‘ida mavjud mikroorganizmlar soni uch yuzdan ziyoddir. Biroq ularning bizga biron zarari tegmaydi. Ular kerakli mikroflora yaratish uchun kerakdir. Lekin tishlar karies natijasida emirilsa yoki milklar bilan biron muammolar yuzaga kelsa, hammasi o‘zgarib ketadi. Shunda patogen bakteriyalar soni keskin oshib ketadi. Qaysidir pallada bu zararkunandalar og‘izdagi o‘zlari makon qilgan joyni tashlab, organizm bo‘ylab safarga yo‘l oladi. Bu esa, juda xavfli. Ular mo‘ljalga oladigan nishonlar esa…
OShQOZON
Og‘iz bo‘shlig‘idan oshqozonga borib qolgan kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar gastrit, oshqozon yarasi, xolesistit va boshqa oshqozon-ichak trakti muammolarini keltirib chiqarishi mumkin. Aynan shuning uchun ham tajribali gastroenterolog sizni albatta, stomatolog huzuriga yuboradi. Shunaqasiyam bo‘ladiki, inson uzoq yillar oshqozondagi og‘riqdan aziyat chekadi, buning sababi esa, o‘tkazib yuborilgan karies yoki parodontozda bo‘lishi mumkin. Toki siz o‘z tish va milklaringizni tartibga keltirmas ekansiz, oshqozoningiz bilan muammolaringiz ham tugamaydi.
Umuman olganda, masalaning boshqa tomoni ham bor, ovqat hazm qilish tizimidagi muammolar ham tishlar salomatligida o‘z aksini topadi. Masalan, gastritda pastki “to‘rtlik” va aql tishi zararlansa, ichak kasalliklarida pastki beshlik, xolesistit va jigar bilan muammolarda old tishlar (kliki) zararlanadi. Shuning uchun agar karies uzoq yillardan beri aynan shu tishlarga “mehr” qo‘ygan bo‘lsa, gastroenterolog ko‘rigidan o‘tish sizga ortiqchalik qilmaydi. Shu bilan birga, tish toshlari tez hosil bo‘ladigan hamda tishlarini noto‘g‘ri bosadigan odamlar ham oshqozonlarini tekshirtirganlari ma’qul, ular ovqatni kerakli darajada chaynashmaydi, bu esa, ovqat hazm bo‘lish jarayoniga salbiy ta’sir qiladi.
TOMOQ BEZLARI
Zararli bakteriyalar oshqozonga tushmay, aksincha, ancha oldin, tomoq bezlarida qo‘nim topishlari mumkin, bu esa anginani keltirib chiqaradi. Chunki kasallik nafaqat tashqaridan, balki ichkaridan, ya’ni organizmda infeksiyaning doimiy o‘choqlari: gaymorit, rinit, kasallangan tish va milklar bo‘lganda ham, o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi mumkin. Angina, ayniqsa, yiringlisi juda xavfli bo‘lib, og‘ir holatlarda u qonni zararlashi mumkin. Shuningdek, boshqa asoratlar, jumladan, revmatizm, buyrak xastaligi, yurak ish faoliyatining buzilishi yuzaga kelish ehtimoli katta. Aynan shuning uchun ham, anginada antibiotiklar ichiladi, ular infeksiyaga bas kelishda yordam beradi. Va albatta, tishlardagi mayda kovaklarni o‘z vaqtida davolash darkor.
YuRAK
Xavfli bakteriyalar yo‘l olishi mumkin bo‘lgan yana bir yo‘nalish yurakdir. Ba’zida bunga tozalikka bo‘lgan o‘ta qattiq muhabbat sabab bo‘ladi. Masalan, kishi tishlarini tish ipi orqali o‘ta kuchli harakat bilan tozalab, shilliq pardani zararlab qo‘yishi mumkin. Oqibatda bu erda yara paydo bo‘lish ehtimoli tug‘iladi. Yarada rivojlangan zararli mikroblar qon bilan birga yurak to‘qimalariga etib borishi, uning oqibatida yurak klapanlari yallig‘lanishi — infeksion endokardit rivojlanishi mumkin. Bu holat ba’zida tish davolatish, oldirish, ularni protezlashtirishda n keyin ham yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun yurak xastaliklariga chalinishga moyil kishilar tishlarini davolayotganlarid a albatta, antibiotik qabul qilishlari darkor, u xavfni yo‘qotadi. Sog‘lom odamlarga buning keragi yo‘q, qonga zararkunandalar tushishi bilan immun tizimi ular bilan kurashga otlanadi.
TOMIRLAR
Kasal tishlar juda xavfli tomir kasalliklaridan sanalmish tromboz, ateroskleroz, infarkt yoki insultga olib borishi mumkin. Tadqiqotlar natijasida aniqlanganki, og‘iz bo‘shlig‘ini etarlicha parvarishlamaslik va o‘z holiga tashlab qo‘yilgan karies yurak-qon tomir kasalliklariga uchrash xavfini 70 foizga oshiradi. Kasal chaqiruvchi bakteriyalar tomirlar devoriga yopishib, aterosklerotik tuguncha hosil qiladi. U sekin-asta o‘sa boshlaydi va bir kun tomirni butkul yopib qo‘yishi mumkin. Agar tromb uzilib ketsa, infarkt, insult va boshqa qo‘rqinchli asoratlar kelib chiqishi mumkin. Aynan shuning uchun ham birinchi navbatda, organizmdagi infeksiya o‘chog‘ini davolash lozim. Shu jumladan kasal tishlarni ham.
BILIB QO‘YGAN YaXShI
Foydali:
muntazam ravishda tish shifokori huzuriga borib turing;
yarim yilda bir marta tish toshini tozalating;
tishlaringizni kuniga ikki marta yuving.
Zararli:
tishlarni haddan ziyod ko‘p oqartirish;
energetik ichimliklar va shirin gazli suv ichish – ular tish karashini zararlaydi;
iris va yopishqoq konfetlar eyish — bu shirinliklar tishga yopishib qolib, u erda bakteriyalar rivojlanishi uchun qulay muhit yaratadi.
Manba: Diydoraziz.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi