Aziz o‘quvchilar, e’tiboringizga odam organizmiga taalluqli bo‘lgan 40 ta qiziqarli ma’lumotlar taqdim etilmoqda...
Marhamat, uning UChINChI O‘NTALIGI bilan tanishing!
21-ma’lumot: eritrotsitlar suyak ko‘miklarida sutkasiga milliardlab ishlab chiqarilishini bilib oldik. Yana ular ko‘p miqdorda ishlab chiqarilishi orqali yangilanib turishini ham bilib oldik.
Xo‘sh, unda eritrotsitlar qancha vaqt o‘z vazifasini bajaradi? Ularning umri qancha?
Keling, bu savolga quyidagicha javob beramiz: eritrotsitlar o‘rtacha 24–48 soat umr ko‘radilar. Leykotsitlar suyak ko‘mik moddasida, taloq va limfa tugunlarida ishlab chiqariladi.
Biroq ularning faoliyat ko‘rsatish muddati kishini vahimaga soladi. Leykotsitlar bir necha turlarga bo‘lingan tanachalardan iborat bo‘lib, ularning ayrimlari bir necha soatgina yashaydi. Boshqa birlari esa 7–14 kun umr ko‘radi.
Ayrim leykotsit turlari (masalan, limfotsitlar) o‘rtacha 4–5 yil, hatto 10 va undan ortiq yillar davomida o‘z vazifasini bajarish imkoniyatiga ega.
22-ma’lumot: ma’lumki, inson organizmida 4 xil to‘qima mavjud (epiteliy, biriktiruvchi, muskul, nerv to‘qimalari).
Biriktiruvchi to‘qima — qon o‘zining “qat’iy tartibli” tarkibi bilan o‘ziga xos tarzda ajralib turadi. Uning tarkibida: oqsil — 5–8 %, qand — 0.07–0.12 %, tuzlarning umumiy tarkibi 0.9 % ga teng.
Biriktiruvchi to‘qimaning qat’iy tarkibining buzilishi — potologiya, ya’ni kasallik alomatlarini bildiradi.
23-ma’lumot: inson organizmida 2 ta (katta va kichik) qon aylanish tizimi mavjudligini yaxshi bilasiz. Ularning biri ikkinchisi bilan chambarchas bog‘liqligi, ikkisi birgalikda yaxlit qon aylanish tizimini hosil qilishi ham ko‘pchilikka ayon.
Voyaga yetgan kishi tanasida qon 20–28 soniya ichida (katta va kichik qon aylanish tizimini) bir marta aylanib chiqadi. Tana tinch holatda turganda, albatta.
Bolalarda bu ko‘rsatkich 15 sekundni tashkil qilsa, o‘smir yoshlar tanasidagi qon 18–20 sekund ichida yurakdan chiqib, yurakka yetib keladi. Bu yurakning ishlash ritmi, ya’ni 1 minutda necha marta urishi bilan bog‘liq.
Shunday qilib, tana tarkibidagi qon 1 sutkada 1.5–2.0 ming marta “sayohat” qiladi.
24-ma’lumot: his-tuyg‘ular jumbushga kelganda “yuragim o‘rtandi” deyishganini guvohi bo‘lgansiz.
Jahonning juda ko‘p millatlar tilida “ruh”, “jon”, “qalb”, “ko‘ngil”, “hissiyot” kabi so‘zlarni birgina “yurak” so‘zi bilan ifodalashlari aniqlangan.
Ayniqsa bu narsa badiiy adabiyot, xususan she’riyatda ko‘p ishlatiladi. Xo‘sh, nega shunday? Nega oddiy qon haydab beruvchi organni ruhiyat bilan bog‘laymiz?
His-hayajon, ruhiy holatlarning o‘zgarishi — qon tarkibiga ajraluvchi gormonlar miqdorini o‘zgartirib turadi. Tabiiyki, gormonlar ta’sirida yurak faoliyatida biroz o‘zgarishlar, tebranishlar paydo bo‘ladi. Natijada kishi buni sezadi va hodisani o‘zining ruhiy holati bilan bog‘laydi.
Aslida yurakning og‘irligi tana vaznining taxminan 1/200 bo‘lagiga teng. Biroq qon aylanish tizimining “dvigateli” bo‘lgan yurakning ish faoliyati uchun butun tana a’zolari sarf qiladigan quvvatning 1/20 qismi ishlatiladi.
Negaki boshqa a’zolarga nisbatan yurak 20 barobar ko‘p ish bajaradi.
Qisqasi, yurak seva olmaydi, u faqat qon haydaydi! Sevgi-muhabbat — bosh miya va undan ajraladigan gormonlarda namoyon bo‘ladi...
25-ma’lumot: nafas olish — tiriklik belgisi. Tirik inson — har soniyada nafas olib turishi shart.
Nafas orqali kislorod yutamiz, so‘ng unga ulerod atomini qo‘shib qayta ajratamiz. 1 ta uglerod atomiga birikkan 2 ta kislorod atomi — karbonat angidrid (CO2). U — zararli!
Yashil o‘simliklar o‘sha uglerod oksidini yutib, fotosintez jarayoni orqali bizga yana kislorodimizni qaytarib beradi... Bu jarayon bir necha ming yillardan beri shunday!
Havoda kislorod atigi 20–21% (20.95%).
Uning aksariyat qismi — azot 78–79% (78.09%).
Karbonat angidrid esa atigi 0.03%. Uning miqdori ko‘p bo‘lsa, nafasimiz qisib, natijada nafas yetishmovchiligidan nobut bo‘lamiz.
Chiqarayotgan nafasimiz tarkibidagi karbonat angidrid havodagiga nisbatan 70–100 marta ko‘p. Shuning uchun kichik hajmli idishdagi (joydagi) havodan qayta-qayta nafas olib tura olmaymiz.
26-ma’lumot: inson organizmida asab tizimi, xususan miya faoliyatining ahamiyati va o‘rni beqiyos. Har bitta harakatimiz, tanamizning har bitta organi, to‘qimasi, kerak bo‘lsa, har bitta hujayramiz faoliyati miya faoliyati bilan chambarchas bog‘liq.
Sezgilar markazi, xotira esa miya yarimsharlarida. Miya yarimsharlaridagi qon tomirlaridan minutiga 3–4 litr qon oqib o‘tadi. Agar ushbu qon miqdorini qon tomirlari uzunligida tasavvur qilsak, ularning umumiy uzunligi 560 kilometrni tashkil etgan bo‘lardi.
27-ma’lumot: odam organizmining tayanch sistemasi — bu uning suyaklaridan iborat ustixoni hisoblanadi. Uni ilmiy tilda “odam skeleti” deb ataymiz.
Suyaklar tayanch vazifasidan tashqari yana qon tanalari ishlab chiqaruvchi organ hisoblanadi. Suyaklar muskul to‘qimasi bilan birga odamning tik turishi, yurishi, harakatlanishini ta’minlashini ham hamma biladi.
Biroq odamning ustixoni 200 tadan ziyod suyak birikmasidan tashkil topganligini hamma ham bilavermasa kerak.
28-ma’lumot: jigar odam organizmidagi eng katta bez ekanligi ko‘pchilikka ma’lum. U ovqat hazm qilishda, organizmga zarur moddalarni ishlab chiqarishda, moddalar almanishuvida, qon aylanish va ayirish tizimining ish faoliyatida ishtirok etadi.
Jigar tana vaznining taxminan 1/20 dan 1/36 gacha nisbatga teng og‘irlikka ega. Unda 400 grammgacha qon zahirasi mavjud. Shuning uchun bo‘lsa kerak, jigar uning og‘irligiga teng mushak to‘qimasiga nisbatan 10 barobar ko‘p kislorod sarf qiladi va shuncha ko‘p issiqlik ajratadi.
Bekorga o‘zbeklar o‘ziga yaqin kishini, yaqin qarindoshini “jigarim” deb atamaydi.
29-ma’lumot: o‘rta yoshli sog‘lom kishining jigari 1.5–2.0 kg atrofida bo‘ladi. Uning yiriklashib ketishi (shishib ketishi, yog‘ to‘qimasi qoplashi) ham, aksincha, kichiklashib (qurib qolishi) ham — potologiya, kasallik alomati.
Jigar qon tarkibidagi toksinlarni sintezlab, organizmdan chiqarib tashlaydi. Masalan, alkogol ichimliklarni...
U «A» vitaminining zahira qo‘rg‘oni hisoblanadi. Jigarda 500 dan ziyod murakkab biokimyoviy reaksiyalar sodir bo‘lib turadi.
Organizmning eng katta bezi — jigar orqali har daqiqada 1,5 litr qon oqib o‘tadi. Bir sutkada uning hajmi 2000 litrga yetadi.
30-ma’lumot: ovqat hazm bo‘lishi ham murakkab biokimyoviy jarayon. Taom maydalanib, bo‘tqasimon shaklga kelib, oshqozon orqali ichaklarga o‘tadi. O‘n ikki barmoqli ichak, ingichka ichaklar, to‘g‘ri ichakka o‘tib borguncha tarkibidagi foydali moddalar bilan qonni boyitadi.
O‘n ikki barmoqli ichak devorining 1 santimetr kvadratida 3–4 mingta so‘ruvchi tuklar bo‘lib, har bitta tuk taxminan 3 mingta hujayra va 100 tadan ziyod so‘ruvchi naychalardan iborat.
Ichaklardagi so‘ruvchi tuklardan iborat umumiy yuza — butun teri sathidan 3 barobar katta.
Manba: qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar