Qarz mojarosi qonli tugadi : bir guruh shaxslar 21 yoshli yigitni kaltaklashdi

Namangan shahrida qarz masalasi tufayli kelib chiqqan janjal jamoatchilik e’tiborini tortdi. Ma’lum bo‘lishicha, bir guruh shaxslar 21 yoshli yigitni urib, unga tan jarohati yetkazgan.
Hodisa 31 may kuni shaharning “Dashtbog‘” mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Yangi Namangan tumanida yashovchi bir necha fuqaro hamda jabrlanuvchi o‘rtasida qarzdorlik masalasi bo‘yicha tortishuv kelib chiqqan.
Bahs tobora keskinlashib, oqibatda bir necha shaxs yigitga nisbatan kuch ishlatgan. Natijada jabrlanuvchi yengil tan jarohati olgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan voqea ishtirokchilarining shaxsi aniqlanib, holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining bezorilik bilan bog‘liq moddasi asosida ish ochilgan bo‘lib, ayni paytda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!