date

Maruf Otajonov Burak O'zchivit ijrosini baholadi (video)

Maruf Otajonov Burak O'zchivit ijrosini baholadi (video)

Aktyor Maruf Otajonov Toshkentda namoyish etilgan, turk aktyori Burak O'zchivit ijro etgan “Istanbulning eng go‘zal qizi” monospektakli haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, Burak professional teatr aktyori bo‘lmasa-da, sahnadagi harakati va ijrosi ko‘plab professional aktyorlardan ham kuchliroq bo‘lgan.

“Burak professional teatr aktyori emas, lekin uning harakati professionaldan ham kuchliroq. U rejissyor belgilab bergan chiziqdan chiqmasdan, rolni mukammal ijro etdi. Men teatr aktyori sifatida bunday holatni qabul qilishim qiyin, ammo uni sahnada partnyor sifatida qabul qilaman.

Eng asosiysi, u taxminan 2 mingga yaqin tomoshabinni boshidan oxirigacha ushlab tura oldi. Bu esa juda katta natija. Hatto eng kuchli aktyorlar ham bunga har doim erisha olmaydi.

Spektaklni tomoshabinlarning bir qismi to‘liq tushunib ko‘rgan bo‘lsa, yana bir qismi unchalik anglamagan holda kuzatdi. Ammo shunday bo‘lsa-da, zalni ushlab turish — bu juda katta mahorat. Buni hatto xalq artistlari ham uddalay olmaydi.

Monospektakl — ya’ni bir aktyorli sahna asari — eng murakkab janrlardan biri. Ba’zan ikki-uch aktyor ham bunga jur’at eta olmaydi. Burak esa buni uddaladi.

Shuningdek, spektaklda yorug‘lik, ovoz va texnik vositalardan foydalanish ham yuqori darajada bo‘ldi. Rostini aytsam, Burakdan bunday ijroni kutmagandim. U juda zo‘r chiqish qildi”, — dedi Maruf Otajonov.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Maruf Otajonov Burak O'zchivit ijrosini baholadi (video)