date

Barchani yer bilan yakson qilamiz — Putin

Barchani yer bilan yakson qilamiz — Putin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Boltiqbo‘yi davlatlarida Kaliningrad viloyati bilan bog‘liq yangragan bayonotlarga munosabat bildirdi. Bu haqda u 29 may kuni Qozog‘istonga tashrifi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Bundan avval Kyastutis Budris NATOga a’zo Boltiqbo‘yi davlatlarida Kaliningrad viloyatida joylashgan Rossiya havo mudofaa obyektlarini «yer bilan yakson qilish» imkonini beruvchi vositalar mavjudligini aytgan edi.

Putinning ta’kidlashicha, Rossiya ham bunday harakatga qo‘l uringan har qanday tomonga munosib javob qaytarish uchun yetarli imkoniyatlarga ega.

«Rossiya Federatsiyasida bunday qilishga uringanlarning barchasini yer bilan yakson qilish uchun barcha vositalar bor», dedi Rossiya rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy xavf tug‘diradigan har qanday hudud mamlakat uchun qonuniy nishon sifatida baholanadi.

Mazkur bayonot so‘nggi vaqtlarda mintaqada xavfsizlik masalalari yuzasidan yangrayotgan keskin fikrlar fonida bildirildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Barchani yer bilan yakson qilamiz — Putin