date

Endi fuqarolar nomiga olingan firibgarlik kreditlari bekor qilinadi

Endi fuqarolar nomiga olingan firibgarlik kreditlari bekor qilinadi

Foto: uza.uz

O‘zbekistonda firibgarlar orqali fuqarolar nomiga rasmiylashtirilgan onlayn kreditlarni bekor qilish tartibi yangicha yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan va Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan qarorda maʼlum qilingan.

Qarorga ko‘ra, agar kredit firibgarlik yo‘li bilan rasmiylashtirilgani aniqlansa, fuqaro ushbu qarz bilan bog‘liq barcha moliyaviy majburiyatlardan to‘liq ozod qilinadi. Shuningdek, moliyaviy tashkilotlar asosiy qarz, foizlar, jarimalar va penyalarni hisoblashni to‘xtatishi va ularni undirishni bekor qilishi shart bo‘ladi.

Jarayon fuqaro tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza yuborish bilan boshlanadi. Keyin tekshiruv va tergov harakatlari o‘tkaziladi. Agar firibgarlik tasdiqlansa, tergovchi, prokuror yoki sud qarori kredit tashkilotiga yo‘naltiriladi va shu asosda qarz bekor qilinadi.

Agar mablag‘lar avval undirilgan bo‘lsa, moliyaviy tashkilotlar ularni fuqaroga qaytarishi shart. Qaytarish bank kartasi yoki ko‘rsatilgan hisob raqami orqali amalga oshiriladi. Shu bilan birga, kreditor tekshiruv natijalari yoki sud qaroridan norozi bo‘lsa, qonuniy tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

Agar tekshiruv davomida firibgarlik fakti aniqlanmasa, kredit bo‘yicha hisob-kitoblar avvalgi holatga qaytariladi. Yangi qoida 22 apreldan kuchga kiradi va bu fuqarolarning moliyaviy huquqlarini yana-da muhofaza qilishga xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Endi fuqarolar nomiga olingan firibgarlik kreditlari bekor qilinadi