Qaysi davlat fuqarolari davolanish uchun O‘zbekistonga eng ko'p kelgan?

2026 yilning yanvar va fevral oylarida O‘zbekistonga davolanish maqsadida jami 11 876 nafar xorijiy fuqaro kelgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizga tashrif buyurgan bemorlar orasida qo‘shni davlatlar fuqarolari ustunlik qilgan. Eng ko‘p bemorlar Tojikistondan bo‘lib, ularning soni 7 562 nafarga yetgan.
Shuningdek, Qirg‘izistondan 2 530, Qozog‘istondan 1 212 nafar bemor O‘zbekistonda tibbiy xizmatlardan foydalangan.
Xorijiy bemorlar orasida boshqa davlatlar fuqarolari nisbatan kam — masalan, Afg‘onistondan 338, Rossiyadan esa 208 nafar bemor davolanish uchun O‘zbekistonga kelgan. Boshqa davlatlardan kelganlar jami 26 nafarga teng.
Bu raqamlar O‘zbekistonda tibbiyot xizmatlarining sifatli va ishonchli ekanini, shuningdek, mamlakatimizning tibbiy turizm salohiyatining oshayotganini ko‘rsatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!