O‘zbekistonda erkaklar soni ayollarga nisbatan yuqoriligi qayd etildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvar holatida mamlakat bo‘yicha har 1 000 nafar ayolga o‘rtacha 1 015 nafar erkak to‘g‘ri kelgan. Bu ko‘rsatkich mamlakatda jinslar nisbatida erkaklar salmog‘i ustunligini ko‘rsatmoqda.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Namangan viloyatida qayd etilgan bo‘lib, u yerda har 1 000 nafar ayolga 1 034 nafar erkak to‘g‘ri keladi. Bu respublika bo‘yicha eng yuqori natija sifatida qayd etilgan.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida ushbu ko‘rsatkich 1 029 nafar, Andijon viloyatida 1 027 nafar, Navoiy viloyatida 1 026 nafar, Surxondaryo viloyatida esa 1 025 nafarni tashkil etgan.
Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida har 1 000 nafar ayolga 1 019 nafar erkak to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, Samarqand viloyatida bu raqam 1 016 nafar deb qayd etilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ko‘rsatkich 1 010 nafarni, Sirdaryo viloyatida 1 009 nafarni, Toshkent viloyatida 1 008 nafarni tashkil etgan. Shuningdek, Buxoro viloyatida 1 006 nafar, Xorazm viloyatida esa 1 004 nafar erkak qayd etilgan.
Poytaxt Toshkent shahrida esa aksincha holat kuzatilgan. Bu yerda har 1 000 nafar ayolga 966 nafar erkak to‘g‘ri kelib, respublikada eng past ko‘rsatkich sifatida qayd etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!