date

Mercedes-Benz kompaniyasi mudofaa bozoriga kirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Mercedes-Benz kompaniyasi mudofaa bozoriga kirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Germaniyaning Mercedes-Benz kompaniyasi mudofaa bozoriga kirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda kompaniya bosh direktori Ola Kallenius The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Kalleniusning aytishicha, bugungi global vaziyat tobora murakkablashib bormoqda. Shu sababli Yevropa o‘z mudofaa salohiyatini kuchaytirishi zarur va Mercedes-Benz bu jarayonga hissa qo‘shishga tayyor.

Kompaniya rahbari mudofaa bilan bog‘liq ishlab chiqarish asosiy avtomobil hamda yuk mashinalari biznesiga nisbatan kichik yo‘nalish bo‘lishini ta’kidladi. Ya’ni bu Mercedes-Benz faoliyatining asosiy qismiga aylanmasligi mumkin.

Avvalroq Der Spiegel nashri Fransiya-Germaniya mudofaa konserni KNDS Mercedes-Benz bilan Lyudvigsfelddagi zavodni sotib olish bo‘yicha muzokara olib borayotgani haqida xabar bergan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Mercedes-Benz kompaniyasi mudofaa bozoriga kirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda