Naqdsiz to‘lovdan keyin “zapravka”lar tushumi qaysi tomonga o‘zgardi?

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 1–13-may kunlari yoqilg‘i quyish shoxobchalarida amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha umumiy tushum 1,42 trln so‘mdan oshgan.
Ushbu davrda “zapravka”larda kunlik o‘rtacha tushum 109 mlrd so‘mni tashkil etgan. Jami tranzaksiyalar soni 10,1 mlntaga yetgan bo‘lib, bir kunda o‘rtacha 777,9 mingta to‘lov amalga oshirilgan.
Taqqoslash uchun, mart oyida yoqilg‘i shoxobchalarida kunlik o‘rtacha tushum 102,7 mlrd so‘m bo‘lgan. May oyida esa bu ko‘rsatkich kuniga 6,3 mlrd so‘mga oshgan.
To‘lovlarning asosiy qismi bank kartalari orqali amalga oshirilgan. Xususan, tushumlarning 89,9 foizi amaldagi bank kartalari, 7,2 foizi moment kartalar, 2,9 foizi esa yoqilg‘i kartalari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing