Dunyo hamjamiyati 2015 yilda zo‘ravonlik va ziddiyatlar tufayli taxminan 13,6 trillion dollarga tushdi. Bu haqida BMT bosh kotibi Pan Gi Mun chorshanba kuni jahon tashkilotining Tinchlik fondini qo‘llab-quvvatlovchi konferensiyada ma’lum qildi.
"Iqlimning o‘zgarishi, iqtisodiy inqirozlar va moliyaviy yo‘qotishlar, o‘sib borayotgan tengsizlik hamda yoshlar orasidagi xavf darajasiga etayotgan ishsizlik ziddiyatlarga sabab bo‘ladi va insonlarga juda kuchli ta’sir ko‘rsatadi", - dedi Pan Gi Mun. - Uzoq tanaffusdan so‘ng ziddiyatlar soni ko‘paya boshladi. Davlatlararo urushlar kamaygan bo‘lsa-da, mamlakatlarda ichki to‘qnashuvlar yuzaga kelmoqda, ko‘p holatlarda ularga tashqi kuchlar va nodavlat sub’ektlar jalb qilinmoqda".
"Ekspertlarning baholariga ko‘ra, 2015 yilda zo‘ravonlik va ziddiyatlar dunyoga taxminan 13,6 trillion dollarga tushdi, - dedi bosh kotib. - Bu sayyoramizning har bir kishisi boshiga 1,8 ming dollardan to‘g‘ri keladi". "Faqatgina 2015 yilning o‘zida dunyo hamjamiyati tinchlikparvar operasiyalar va ziddiyatlardan jabr ko‘rgan kishilar hamda qochqinlarga insonparvarlik yordami uchun 34 milliard dollar sarfladi", - deya ta’kidladi BMTning ma’muriy rahbari.
Pan Gi Mun insonparvarlik ehtiyojlariga o‘z vaqtida qilingan xarjlar foijiali voqealarning oldini olishi mumkinligini ta’kidladi. Shu munosabat bilan bosh kotib davlatlarni BMT Tinchlik fondiga ko‘proq pul vositalari o‘tkazishga chaqirdi. "U dunyo bo‘ylab millionlab kishilarga yordam beradi", - deya ta’kidladi bosh kotib.
BMT Tinchlik fondi 2006 yilda 250 million dollar ustav kapitali bilan ta’sis etilgan. U urushni boshdan kechirgan mamlakatlarni qayta tiklash va tinchlikni mustahkamlash uchun sarflanadi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...