Fiat Chrysler Automobiles (FCA) kompaniyasi Google bilan hamkorlikda o‘zining Uconnect nomli axborot tizimini takomillashtirib, Android 7.0 bazasida uning yangi versiyasini yaratish maqsadida, deb xabar bermoqda Terabayt sayti.
Nashrning qayd etishicha, Android platformasida yaratilgan avtomobillarga mo‘ljallangan yangi tizim shu haftada Las-Vegas (AQSh, Nevada) shahrida o‘tkaziladigan CES 2017 ko‘rgazmasi doirasida omma e’tiboriga havola etiladi.
Uconnect va Android birlashuvi avtomobil uchun smartfonlardagi ilovalar bilan butunlay mos keladigan yangi tizimni yaratishga imkoniyat yaratadi. Misol uchun bularga Google Maps xarita xizmati va Google Assistant yordamchisini kiritish mumkin.
Android 7.0 bazasida yaratilgan ilk avto-tizim Chrysler 300 avtomobiliga o‘rnatilgan 8,4 dyuymli ekranda namoyish etiladi. Bunday hamkorlik ikkala tomon uchun manfaatli: agar bu orqali Fiat mijozlarga eng ilg‘or axborot tizimi bilan quvvatlangan ulovlarni taklif etsa, Google avtomobilsozlik sohasiga yanada chuqurroq kirib boradi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi