11 179
Farhod Alimovning 29 oktyabr kuni xonanda Rayxonga uylanayotgani emas, to‘yda boshlovchilik qilayotgani isbotlandi
Estradamizning latofatli, go‘zal xonandasi Rayhon G‘anieva va boshlovchi Farhod Alimovning turmush qurayotganlari bilan bog‘liq xabarlar o‘tgan haftaning eng shov-shuvli mavzusiga aylandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
OAVda ularning 29 oktyabr kuni turmush qurayotgani haqidagi maqolalardan so‘ng, telefon orqali bog‘lanib, kuyov bo‘lmish, Farhod Alimovdan “29 oktyabr kuni haqiqatdan ham to‘ymi?”, deb so‘raganimizda, u ayni xabarni rad etdi.
“Yaxshi, unda 29-oktyabr kuni nima bilan band bo‘lasiz? degan savolimizga esa u “O‘sha kuni Yakkasaroy to‘yxonasida bo‘ladigan to‘y tadbirida boshlovchiman”, deya javob bergandi.
Ushbu xabarni e’tiboringizga havola etganimizdan so‘ng, maqola boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham tez fursatda tarqaldi. Garchi Farhod Alimov 29 oktyabr kuni odatiy ish kuni ekanini aytgan bo‘lsada, muxlislarning aksariyati to‘y aynan o‘sha sanada bo‘layotgani, bu gaplar odamlar e’tiborini jalb qilmaslik uchun aytilayotgani haqidagi fikrlarni bildirdi.
29 oktyabr kuni kechki soatlarda Farhod Alimov tahririyatimizga Yakkasaroy to‘yxonasida aktrisa, boshlovchi Dilnoza Kubaeva bilan hamkorlikda to‘y tadbirini olib borayotgan tasvirlangan fotosuratlarni yubordi. Biz muxlislar ichida “surat qalbaki" deguvchilar topiladi, degan fikrda suratlarni e’tiboringizga havola etmadik.
Kecha, 30 oktyabr kuni esa u ayni suratni o‘zining Instagram’dagi sahifasiga joylashtirdi va suratkashga ajoyib suratlar uchun minnatdorchilik bildirdi.
Bu esa 29-oktyabr kuni Yakkasaroy to‘yxonasida boshlovchilik qilishi haqidagi so‘zlarining rost ekanini tasdiqlaydi.
Sodiq muxlislar, ayni fotolardan so‘ng, Rayhon G‘anieva va Farhod Alimovning to‘y tadbiridan bexabar qoldik deb, xavotir olib o‘trmang. To‘y kelayotgan yaqin oylar ichida bo‘lishi kutilmoqda. Bu to‘y haqida sizga albatta xabar beramiz. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi