15 300
«Ummon»chi Zohidning vafot etgani haqida Telegram’da tarqatilgan xabarlar rad etildi
Telegram messenjerida «Ummon» guruhi a’zosi Zohid Rixsiev avtohalokatga uchrab, vafot etgani haqida xabarlar tarqatildi.
Tarqatilgan xabarlarda Zohid Rixsiev 30 noyabr kuni soat 11:30 da avtohalokatga uchragani va vafot etgani yozilgan.
Telegram’da tarqatilgan xabarlar qanchalik haqiqatga yaqin ekanini bilish maqsadida, jurnalist Feruz Muhammad «Ummon» guruhining ma’muri Doniyor Alimuhamedovga murojaat qildi.
E’tiborli tomoni, Telegram’dagi xabarlarga ilova qilingan suratlarda boshqa bir xonanda — Alijon Isoqovning yo‘l-transport hodisasiga uchragan mashinasi aks etgan (bu YTH haqida avvalroq xabar berilgan edi).
«Bu mish-mish bir necha kundan beri Telegram’dagi guruhlarda aylanib yurganidan xabarimiz bor. Xudoga shukr, ‘Ummon’ guruhidagi barcha yigitlar sog‘-salomat. Telegram’da tarqatilgan xabarlar uydirmadan boshqa hech narsa emas», — dedi «Ummon» guruhi ma’muri. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi