Yaponiya hukumati malakali xorijiy ishchilarga maxsus iqtisodiy zonalarning qishloq xo‘jaligi sektorida mehnat qilish imkonini beradi. Bu fermer xo‘jaliklaridagi ishchi kuchining etishmovchiligi bilan bog‘liq, deb ma’lum qildi Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe milliy strategik maxsus zonalar masalalari bo‘yicha maslahatlashuv kengashi yig‘ilishida. Bu haqda Japan Times'ga asoslanib Kun.uz sayti xabar bermoqda.
Taklif cheklangan: ular bir qator talablarga javob beruvchi nomzodlarga taqdim etiladi. Buning uchun o‘z mamlakatida qishloq xo‘jaligi sohasida universitet darajasida ta’lim olgan bo‘linishi va yapon tilida muloqot qila bilish talab etiladi. Maxsus zonalardagi ish beruvchilar xorijiy ishchilarga yaponlarga xuddi shu mehnat uchun to‘laydigan mablag‘ni berishlari lozim.
Bu yangilik 1993 yilda amalga joriy etilgan tizimdan chekinish demakdir. U rivojlanayotgan davlatlardan bo‘lgan malakasiz ishchilarga qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda mehnat qilish imkonini bergan. Bunday tizim ishchi kuchining arzonlashtirish usuli sifatida jiddiy tanqid ostiga olingan.
Maxsus strategik zonalar esa o‘z oldiga Akita, Ibaraki, Aiti va Nagasaki prefekturalaridagi fermalarga malakali ishchilarni jalb qilishni maqsad qilib qo‘ygan. Hududiy tiklanish vaziri Kodzo Yamamotoning jurnalistlarga xabar berishicha, hukumat endilikda yangi tizimni yaxshilash uchun ish olib boradi. Bu maxsus strategik zonalar haqidagi qonunchilikka qo‘shimchalar kiritishni ko‘zda tutadi.
Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda fermerlik bilan shug‘ullangan 2,10 million kishi 65 yoshdan katta bo‘lgan.
Bundan tashqari, yig‘ilishda hukumat maxsus strategik zonalarda bolalarni parvarish qilish bo‘yicha kichik markazlarga 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qarash imkonini berishga ham qaror qildi. Bu kichik yoshdagi bolalarning ota-onalariga ishga qaytish imkonini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi