Bugungi kunda ayollar orasida nozik va yengil jingalak sochlar juda ommabop bo‘lib ketdi. Shuning uchun ular sochni jingalak qilishning yangi va eng tezkor usullarini izlashadi. Maqolamizni o‘qisangiz, shu usullar to‘g‘risida bilib olasiz.
Birinchi usul
Jingalak sochlaringizni yuvib, sal quriting va ukladka uchun ishlatiladigan gel yoki sprey surib yaxshilab quriting. Sochingiz ustidan lak sepib qotiring va lak qotgandan so‘ng, boshingizni pastga egib barmoqlaringiz bilan tarang.
Ikkinchi usul
Jingalak sochlardan ko‘ra, to‘g‘ri sochlarni sal o‘rab yengil jingalak qilish oson. Buning uchun yuvilgan sochlarni sal quritib muss suramiz va yaxshilab quritamiz. Ployka yordamida yengil o‘rab chiqamiz va lak bilan mahkamlaymiz. Oxirida barmoqlaringiz bilan tarash esingizdan chiqmasin.
Uchinchi usul
Ho‘l sochlarga biroz penka suramiz va quritmasdan o‘rab, yig‘ib qo‘yamiz. Yig‘ilgan holida fen yordamida quritamiz. Yuqorida aytilganidek, barmoqlar yordamida taraymiz.
Bunday usullarni bir haftada bir yoki ikki martadan ko‘p qo‘llash oqibatida sochlaringiz quruq va mo‘rt bo‘lib qoladi. Ukladkadan keyin esa, sochlaringizni oziqlantiruvchi va namlovchi niqoblar yordamida sog‘lom va chiroyli holga keltirishni unutmang. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?