6 211
Hindistonlik tadbirkor qizining to‘yi munosabati bilan boshpanasiz insonlarga 90 ta uy qurib berdi
Hindistonning markaziy qismidagi Aurangobod shahridan bo‘lgan tadbirkor o‘z qizining to‘yi munosabati bilan noodatiy sovg‘a taqdim etdi. The Hindu gazetasining yozishicha, Ajay Manot gazlama sanoatidagi yirik ishbilarmonlardan bo‘lib, o‘z erlarining ikki akrida boshpanasi bo‘lmagan kishilarga 90 ta uy qurib bergan. U bunga 120 ming AQSh dollarini sarfladi.
Har bir uy 25 kvadrat metrga teng bo‘lib, ikki deraza va eshiklardan iborat. Uni olmoqchi bo‘lgan nomzod uch talabga javob berishi kerak: haqiqatdan ham uysiz bo‘lishi, xarobalarda yashashi va zararli odatlarga ega bo‘lmasligi (ichmasligi, chekmasligi va giyohvand moddalar iste’mol qilmasligi) shart.
Tadbirkorning qizi turmushga chiqqach, uylarning kaliti tanlab olingan boshpanasiz kishilarga taqdim etildi.
"Bu bizning tariximizdagi yangi bir qismdir, - deya izoh berdi Ajayning o‘zi. – Umid qilamanki, mening g‘oyamni Hindistonning boshqa badavlat kishilari ham qo‘llab-quvvatlaydi. Farzandlarimiz to‘yiga sarflagan ko‘plab pullarni boshqa ezgu maqsadlarga ham yo‘naltirilish mumkinligini ko‘rsatib berdim". “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi