10:32 / 24.02.2015
5 325

«Traktorsozi» Qarshidagi qalin qordan hayratda

«Traktorsozi» Qarshidagi qalin qordan hayratda

Avval xabar berganimizdek kecha, 23 fevral kuni charter reys orqali Eronning “Traktorsozi” klubi kech soat 18:00da Qarshiga etib kelishdi.

Mehmonlar tarkibi 48 kishidan iborat, kutilganidek jamoa tarkibidagi ikki legioner futbolchi Eder Luchiano va Issa Ndoyelar ham bor. Shuningdek Eron milliy terma jamoasi a’zosi Andrianik Taymuryan ham jamoa bilan birga Qarshiga keldi.

Kecha klub rasmiy sayti ham bu haqda xabar berdi. “Biz Qarshiga kech soat 18:00da etib keldik, Qarshi shahri bizni kuchli qor bilan kutib oldi, hammamiz shokka tushib qoldik”,-deyiladi jumladan xabarda.

Ayni paytda Qarshi shahrida qor yog‘ishi to‘xtadi. Yoqqan qor erishda davom etmoqda. Havo harorati sovuq emas. Ammo stadion xodimlari ancha mehnat qilishlariga to‘g‘ri keladi. Shuningdek mehmonlar kecha Qarshidagi “Geolog” stadionini ham ko‘zdan kechirishgan. Ularning bugun bu erda mashg‘ulotlar o‘tkazishi muljallangan.

Eslatib o‘tamiz, bugun soat 11:00da har ikkala jamoa rasmiylari ishtirokida miting va 12:00da o‘yin oldi matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

“Nasaf” PFK matbuot xizmatida ham ish juda qizg‘in, OAVlarning akkreditasiya kartochkalari ham kechadan tarqatila boshlandi. Xullas, o‘yin uchun hamma narsa tayyor, faqat futbol bayramiga ob-havo yo‘l qo‘yib bersa bo‘ldi.

Manba: Stadion.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Traktorsozi» Qarshidagi qalin qordan hayratda