14:24 / 01.05.2024
128

Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi

Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Foto: Getty Images
“Katta dubulg‘a” turnirlarining 22 karra chempioni, dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi, 37 yoshli ispaniyalik Rafael Nadal Madriddagi “Masters” turkumidagi turnirning 1/8 finalda Chexiya vakili Irji Lehechka (5:7, 4:6) bilan o‘yindagi mag‘lubiyatini emotsional tarzda izohladi.

Men haqiqatan ham baxtliman. Bu men uchun o‘zgacha hafta bo‘ldi. Juda ijobiy, hissiyotlarga boy. Yana bu kortda o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lganimdan xursandman. Faoliyatim davomida menga yordam bergan barchaga rahmat aytishim mumkin. Lekin hali faoliyatim tugamadi.

Bu yerda o‘ynashim menga sovg‘adek. Men o‘zim yoqtirgan ish bilan shug‘ullanayotganimdan hursandman. Men bu martabaga ega bo‘lganimdan juda baxtiyorman. Men bundan ortiq narsani orzu ham qila olmasdim
” — dedi Nadal o‘yindan keyingi intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Nadal uchun bu Madriddagi turnir so‘nggi o‘yin bo‘lishi mumkin, chunki u joriy mavsum oxirida faoliyatini yakunlamoqchi.

Nadalni mag‘lubiyatga uchratgan Lehechka turnirning navbatdagi turida rossiyalik Daniil Medvedev bilan bahs olib boradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi