
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalining dastlabki o‘yinida “Bavariya” va “Real” jamoalari 30 aprel, seshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida myunxenliklar faolroq harakat qilgan bo‘lsa-da, Madrid klubi hisobni ochdi. 24-daqiqada Toni Kroosning qoyilmaqom uzatmasidan so‘ng Vinisius Junior Noyer darvozasini ishg‘ol qildi. Birinchi bo‘lim 1:0 hisobi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda esa “Bavariya” hisobni tenglashtirdi. 53-daqiqada Leroy Sane ajoyib reyd bilan muvozanatni tiladi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, myunxenliklar penalti ishlab oldi. Harri Keyn penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 84-daqiqada esa Vinisius Junior ham penaltidan unumli foydalandi va hisobni tenglashtirdi.
Javob bahsi oldidan jamoalar maksimal intrigani saqlab qoldi. Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 8 may kuni bo‘lib o‘tadi.
YECHL 1/2 final
«Bavariya» — «Real Madrid» 2:2
Gollar: 0:1 – 24 Vinisius Junior, 1:1 – 53 Sane, 2:1 – 57 Keyn (penalti), 2:2 – 83 Vinisius Junior (penalti).
“Bavariya”: Noyer, Dayer, Kim Min Chje, Mazraui, Goretska (Gerreyru, 46), Laymer, Kimmix, Myuller (Gnabri, 80), Sane (Devis, 87), Musiala, Keyn.
“Real Madrid”: Lunin, Nacho (Kamavinga, 65), Ryudiger, Mendi, Valverde, Kroos (Braim Dias, 76), Tchuameni, Vaskes, Bellingem (Modrich, 75), Vinisius Junior, Rodrigo (Xoselu, 87).
Ogohlantirishlar: Mazraui (43), Kroos (64), Kim Min Chje (82), Vaskes (90+1).
BavariyaReal MadridYECHLYevropa Chempionlar LigasiFutbol O‘yiniUchrashuv Natijalari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar