O‘zbekistonlik aralash jang san’ati ustasi Bogdan Guskov UFC reytingida eng kuchli 15 nafar jangchi qatoriga qo‘shildi.
31 yoshli sportchi kuni kecha AQSHda tashkil etilgan UFC Fight Night turnirida yarim og‘ir vazn (93 kg) toifasida o‘tkazilgan to‘qnashuvda amerikalik Rayan Spenn bilan kuch sinashib, raqibini ikkinchi raundda nokautga uchratgan edi.
Yangi reytingda mana shu natija ham inobatga olindi. Professional faoliyati davomida 16 ta g‘alaba va uchta mag‘lubiyat qayd etgan Bogdan Guskov reytingda 12-qatorga ko‘tarildi.
Mag‘lubiyatgacha 11-o‘rinni egallab turgan Rayan Spenn (21 ta g‘alaba, 10 ta mag‘lubiyat) 15-pog‘onaga tushib ketdi.
Bogdan Guskov eng kuchli jangchilar reytingida yuqoriga ko‘trilganini quyidagicha izohladi.
- Men O‘zbekiston jangchilari orasida TOP darajaga yorib kira olgan birinchi jangchi bo‘ldim. O‘zbekistondan UFC bo‘yicha jang qilayotgan yana ikki yigit bor, lekin men birinchi bo‘lib yuksak natijaga erishdim. Hozir juda baxtiyorman, - dedi Bogdan Guskov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi