AQShning Ideas That Stick firmasi avtomobilni mumkin bo‘lmagan joyda qoldirgan haydovchilarni jazolashning antiqa usulini o‘ylab topdi. Bu haqda "Terabayt.uz" xabar berdi.
Odatda, noto‘g‘ri parking uchun avtomobilni jarima maydonchasiga evakuasiya qilishadi yoki g‘ildiraklarga maxsus blokirator o‘rnatishadi. Blokiratorni belgilangan jarimani to‘lagachgina echish mumkin.
Ideas That Stick esa g‘ildiraklar o‘rniga old oynani bloklaydigan moslamani taklif etmoqda. Yangi moslamaga Barnacle nomi berilgan bo‘lib, u yig‘iladigan paneldan tashkil topgan. Inspektor qoidabuzar avtomobilnig old oynasiga moslamani o‘rnatgach, haydovchi mobil telefon orqali jarimani to‘laydi va unga blokiratorni ochish uchun maxsus kod yuboriladi. Panelni echgach, uni yaqin-atrofdagi qabul nuqtasiga topshirish talab etiladi. Aks holda yangi jarima belgilanadi.
Agar blokirator o‘zboshimchalik bilan echilsa yoki avtomobilni harakatlantirilsa, blokirator juda baland ovozda signal chiqaradi. Loyiha juda antiqa tizimga ega. Kelgusida uni AQShning ba’zi shaharlarida sinash rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda