Germaniyaning BMW kompaniyasi 2017 yilda i8 gibrid kupesini restayling va modernizasiya qiladi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar qilmoqda.
Taxminlarga ko‘ra, yangilangan modelda Formula E chempionatida qatnashgan elektr bolidning xavfsizlik tizimi qo‘llaniladi. Aslida, o‘sha poyga mashinasi ham i8 negizida barpo qilingan. 1,5 litrlik, uch silindrli ichki yonuv dvigateli hamda elektromotordan iborat agregat 362dan 377 ot kuchigacha kuchayadi.
Hozircha, ot kuchining ortishi uning dinamikasiga qanchalik ta’sir qilishi noma’lum. BMW i8 joyidan «yuz»ga 4,4 soniyada erisha oladi, uning eng yuqori tezligi soatiga 250 kilometrga etganida elektronika bilan cheklanadi.
Bundan tashqari, kupega litiy-ionli akkumulyatorlarning modernizasiya qilingan to‘plami o‘rnatiladi. Uning hajmi 7,1dan 10 kilovatt-soatgacha ortadi. Ammo, bu uning harakatlanish masofasini qanchalik uzaytirishi ham ma’lum qilinmagan. Va nihoyat, BMW i8 takomillashgan podveskaga ega bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi