Internet tarmog‘ida iDrop News dizaynerlari tomonidan ishlangan ramkasiz iPhone 8 konsepti paydo bo‘ldi. Model keng tarzda tarqalgan ramkasiz Apple flagmaniga doir xabarlar asosida yaratilgan.
Mish-mishlarga qaraganda, 2017 yilda Apple kompaniyasi yangi innovasion flagmandan tashqari, yana ikkita takomillashtirilgan, biroq avvalgi qurilmalardan katta farq qilmaydigan iPhone 7s va iPhone 7s Plus smartfonlarini ham taqdim qilishi mumkin, deb yozmoqda Terabayt sayti.
Konseptga asosan, iPhone 8 flagmanining old paneli butunlay ekran bilan qoplanadi. Apparat oynavand korpus, simsiz zaryadlash texnologiyasi va 4K aniqligidagi OLED ekranga ega bo‘ladi. Shuningdek, unga infraqizil ko‘z yoy skaneri o‘rnatilishi mumkin. Albatta, bularning barchasi hozircha taxmin. Ammo, bir narsa aniqki, “Olma” muxlislari undan anchadan beri yangi va olamshushmul innovasiyalarni kutishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi