Endi Google yo‘qolgan va o‘g‘irlangan telefonlarni ham qidirib topadigan bo‘ldi. Hozircha bu faqat Android telefonlar uchun ishlaydi. Bu haqda “«Afisha.uz»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar bermoqda.
Agar telefoningiz o‘g‘irlansa yoki uni shunchaki topa olmayotgan bo‘lsangiz, stol kompyuterida Google qidiruv tizimiga find my phone jumlasini tering. Bu ish berishi uchun telefonga Google dasturining so‘nggi versiyasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Google bosh sahifasida find my phone so‘rovini bergach, haqiqatan ham telefon egasi ekanligingizni tasdiqlash uchun tizimga qaytadan kirish zarur, shunda xaritada qurilmaning taxminiy joyini ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Agar u qayerdadir yo‘qolib qolgan bo‘lsa, qidiruv sahifasi orqali smartfonga ovozli signal yuborish mumkin, u besh daqiqa davomida maksimal balandlikda yangrab turadi. Shuningdek yangi funksiya yordamida telefonni bloklash yoki smartfondagi ma’lumotlarni o‘chirish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi