Shved-fin telekommunikasiyaviy guruhi bo‘lmish TeliaSonera O‘zbekistondagi Ucell uyali aloqa operatori aksiyalarini sotish bo‘yicha kelishuvlarga bora olgani yo‘q, deb xabar qildi kompaniya rahbari Tonu Gryunberg Toshkentda "Kelajak shu erda" nomi ostida o‘tkazilgan matbuot-anjumani davomida.
Shvesiyaning TeliaSonera kompaniyasi yil boshida rivojlanayotgan bozorlarni, shu jumladan O‘zbekiston bozorini ham tark etishni boshlashi haqida ovoza qilgan edi. Kompaniya o‘shanda O‘zbekistondagi aktivlarini sotuvga qo‘yishi haqida ham ma’lum qilgandi.
"Biz O‘zbekistonda bu jarayon (ulushni sotish, demoqchi, tahr.) bilan shug‘ullanmaymiz. Bu ish Stokgolmdagi ofisimiz zimmasida. Ushbu jarayon tezlashtirilmagan, qolaversa, biz ham shoshilayotganimiz yo‘q. Aytishim mumkin-ki, Ucell kompaniyasi O‘zbekistonda va shu erda faoliyat yuritishni davom ettiradi, bu shunchaki aksiyalar sotuvidir", — deya ta’kidladi Gryunberg. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi