8 344
Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitusiya va Qur’onga qo‘lini qo‘ygan holda qasamyod qildi
Bugun Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisi ochildi.
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qasamyod qilish marosimi boshlandi.
Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov ochdi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi zalda hozir bo‘lganlar va saylovchilar nomidan Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan samimiy tabriklab, unga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti guvohnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining shahodatnomasini topshirdi.
MSK raisi Shavkat Mirziyoyevni qasamyod qabul qilish uchun minbarga taklif qildi.
Prezident saylovda ishtirok etgan boshqa siyosiy partiyalarning etakchilari — Sarvar Otamuratov, Xatamjon Ketmonov, Narimon Umarovga minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 92-moddasiga muvofiq Prezident bir vaqtning o‘zida qo‘lini Konstitusiya va Qur’onga qo‘ygan holda qasamyod qildi:
“O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitusiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman”.
Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi hukumati a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Markaziy saylov komissiyasi rahbariyati, mamlakatimizdagi xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi