Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Xalq Ta’limi Muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi 72-sonli umumta’lim maktabining binosi Toshkent shahar pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti ixtiyoriga o‘tishini tasdiqladi, deb xabar bermoqda «Uz24.uz».
Bundan avval 72-maktab o‘quvchilarining ota-onalari tomonidan Facebook dagi “Jamoatchilik nazorati” guruhiga Yakkasaroy TXTMFMTTEB ga taqdim etilgan rasmiy xat joylashtirilgan edi. Unda mazkur maktab o‘quvchilari va pedagogik jamoasini 73-sonli maktabga ko‘chirish to‘g‘risida so‘z borgan.
Toshkent shahar hokimining 2015 yil 9 yanvardagi 10-sonli qaroriga asosan, ushbu maktabning bino va inshootlari Toshkent shahar pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti balansiga o‘tkazish belgilandi. Shu sababli 351 nafar o‘quvchi tahsil oladigan 72-maktab jamoasi 73-maktabga ko‘chiriladi. Ota-onalarning istaklarini inobatga olgan holda o‘quvchilar yaqin hududda joylashgan Yakkasaroy tumanidagi 89-, 91-, 160-sonli hamda Mirobod tumanidagi 110-sonli maktablarda o‘qishni davom ettirishlari mumkin bo‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?