Ko‘p narsadan motosikl yasaganlar bor: yog‘ochdan, simdan, loydan va hokazo. Ammo ularning ko‘pchiligi suvenir bo‘lib, harakatlanmasligi turgan gap. Ammo traktorning qismlaridan yasalgan motosikl kishini hayratga soladi. Qolaversa, unga o‘tirib haydash mumkin. Bir oz xunukroq bo‘lsa nima qilibdi, qizlar chiqmasa chiqmas
Ushbu traktosiklni AQShning Ohayo shtatida istiqomat qiluvchi Larri Medvig ismli traktorchi yasadi. U traktorini qattiq yaxshi ko‘rardi, shuning uchun 5 yil davomida zanglagan detallaridan dehqoncha Tractor Bike yasadi va traktorning ikkinchi umrini boshlab berdi.
Larri qo‘lbola motosiklini birovga ko‘z-ko‘zlamasdan va shoularga olib bormasdan, shunchaki, minib yurdi. 2010 yilda motosiklga Endi Rupertu ismli blogerning nazari tushib qolgani sababli Hit and Miss shousida namoyish etildi.
Bloger Larridan intervyu oldi. Shunda Larri motosikl bir necha xil mashinaning qismlaridan yasalganligini oshkor qildi. Dvigatel stasionar, transmissiyasi Crosley avtomobilidan, g‘ildiraklari David Bradley Tractor motokultivatoridan, dizayn elementlari esa Farmall Cub eski traktoridan o‘zlashtirilgan.
Tractor Bikeni haydash g‘oyatda noqulay. Xuddi o‘zingizni g‘ildirakli stol ustida ketayotgandek his qilasiz. Ammo ustasiga qoyil qolmay iloji yo‘q.
Siz ham eski texnikadan yangi transport yasay olasizmi? Juda soz, bu haqda bizga xabar bering. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi
Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi