Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurashishni kuchaytirishga qaratilgan, umumiy qiymati 7 million yevrodan ortiq bo‘lgan «O‘zbekistonda boshqaruv tizimini takomillashtirish» tashabbusi boshlandi. Bu haqda «O‘zbekistonda demokratiya» axborotnomasining navbatdagi sonida ma’lum qilindi.
Tashabbus Yevropa Ittifoqi, GIZ boshchiligidagi YEI konsorsiumi, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Jumladan, YEI homiyligidagi tashabbus doirasida ikkita loyiha ishga tushirildi:
«Inklyuziv ravishda korrupsiyaning oldini olish» loyihasi — GIZ boshchiligidagi YEI konsorsiumi tomonidan «Mintaqaviy muloqot» XNT hamda Markaziy moliya va shartnoma agentligi (CFLA) bilan hamkorlikda Germaniya hukumati tomonidan birgalikda moliyalashtiriladigan 4,55 million yevrolik budjet bilan amalga oshiriladi;
«Korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash» loyihasi — BMTTD tomonidan 2,5 million yevrolik budjet bilan amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, ushbu loyihalar 2024 yildan 2026 yilgacha mo‘ljallangan va O‘zbekistonning barcha 14 hududini qamrab oladi.
Loyihalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari huquqiy va institutsional islohotlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish va fuqarolik jamiyatini jalb qilish orqali ijtimoiy mas’uliyatni oshirishdan iborat. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi