Bugun, 3 yanvar kuni yarim tunda, soat 01:00 atrofida Toshkentda dahshatli YTH qayd etildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari bergan xabarga asoslanib Qalampir.uz sayti ma’lum qilmoqda.
Yog‘ingarchilik vaqtida erdagi chang suv bilan aralashadi. Natijada esa er muzlagandanda xavfliroq holatga keladi. Bunday vaqtda esa tezlikni oshirish, zudlik bilan to‘xtash tavsiya etilmaydi. Tunda sodir bo‘lgan YTHga aynan shular sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Toshkent shahrining Sebzor ko‘chasidan kelayotgan avtomobil tonnelga tushib ketayotgan chog‘ida YTHga uchradi. Eng qizig‘i Gentra rusumidagi mazkur avtomobil bilan sodir bo‘lgan YTHning boshqa ishtirokchisi yo‘q. Avtomobil yo‘l chetidagi simyog‘ochga borib urilgan va tanib bo‘lmaydigan holatga kelib qolgan.
Avtomobilning hozirgi holatidan ko‘rinib turibdiki, haydovchi yuqori tezlikda harakatlanib kelayotgan bo‘lgan. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: haydovchi omonmi? Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan xabarlarga qaraganda, haydovchining qo‘li va burni singan. U zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi