Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 dekabr kuni «Samarqand, Buxoro, Urganch va Nukus shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining konsullik bo‘limlarini ochish va Termiz shahridagi konsullik bo‘limi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar qildi.
Qaror xorijga chiquvchi O‘zbekiston fuqarolari hamda mamlakatga keluvchi chet elliklarga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, O‘zbekistonning iqtisodiy, investision va sayyohlik salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida qabul qilindi. U respublika hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy, investision va gumanitar ustuvor loyihalarni amalga oshirishga ham xizmat qilishi lozim.
Qarorda konsullik bo‘limlarining asosiy vazifalari belgilab berilgan:
- konsullik-huquqiy yordam masalasi bo‘yicha ko‘rsatilayotgan zamonaviy xizmatlar turlarini kengaytirish, joylarda chet el fuqarolari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish va rasmiylashtirishda, jumladan, O‘zbekiston hududlariga ish va sayyohlik maqsadlarida tashrif buyuruvchi xorijiy davlatlar fuqarolariga vizalar berishda tezkorlikni oshirish;
- O‘zbekistonda akkreditasiyadan o‘tgan, mamlakat hududlaridagi ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy, investision va gumanitar loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan chet el kompaniyalari va xalqaro tashkilotlar vakillariga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish, jumladan, vizalar muddatini uzaytirish, hujjatlarni legallashtirish va apostillashtirish, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi vakolatiga kiruvchi boshqa vazifalarga oid masalalar bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish;
- manfaatdor vazirlik va mahkamalar bilan birgalikda xorijiy mamlakatlarga chiquvchi O‘zbekiston fuqarolarini odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha kompleks choralar doirasida tushuntirish ishlarini olib borish;
- xorijiy mamlakatlarda pasportini yo‘qotgan mamlakat fuqarolarining O‘zbekistonga tezkor qaytishi masalasini hal etishda hisoblarni yuritish va ko‘maklashish;
- O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha chet ellik sayyohlarni mamlakat hududlariga jalb qilish uchun yo‘naltirilgan choralarni amalga oshirishda sayyohlik kompaniyalariga ko‘maklashish.
Xorijiy davlatlar fuqarolariga tezkor konsullik-huquqiy yordamini ko‘rsatish maqsadida konsullik bo‘limlari Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus va Termiz xalqaro aeroportlari binosiga joylashtiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi