Toshkent hokimi Rahmonbek Usmonov Olmaotaga (Qozog‘iston) tashrifi doirasida shahar hokimi Baurjan Baybekov bilan savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashni muhokama qildi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.
Uchrashuv chog‘ida joriy yilning 10 oyi davomida O‘zbekiston va Olmaota o‘rtasidagi mahsulot ayriboshlash hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 62 foizga o‘sib, 200 mln AQSh dollarini tashkil etgani ta’kidlandi. Olmaotada 129 ta hamkorlikdagi va 236 ta o‘zbek korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
«Olmaota — biznes va xususiy kapital shahri, bu erda 90 foiz banklarning bosh idoralari joylashgan. Xizmat ko‘rsatish va savdo YaIMning 86 foizini tashkil etadi, joriy yilda kichik va o‘rta biznesni kreditlash hajmi 36 foizga o‘sdi. Investorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks choralar qo‘llanilmoqda. Shu bilan birga, sayyohlik sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda, bu borada bizga Toshkent va butun O‘zbekistonning tajribasi qiziq», — dedi Baurjan Baybek.
Rahmonbek Usmonov Olmaotada imtiyozli turar-joylarni qurish sohasi jadallik bilan rivojlanayotganini ta’kidlab o‘tdi.
«Qozog‘istonda amalga oshirilayotgan „Arzon uy-joy-2020“ davlat dasturi o‘z samarasini ko‘rsatdi. Mazkur masala hozirda Toshkentda ham o‘ta dolzarb, albatta, ayrim mexanizmlarni o‘zimizda tadbiq etamiz», — dedi u.
Bir oy muqaddam Olmaota hokimi O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Ikrom Nazarov bilan uchrashuvda o‘zbek sportchilarini 28-Jahon qishgi Universiada-2017 ga taklif etgan edi. Bir necha kun muqaddam O‘zbekiston sportchilari o‘zlarining O‘yinlardagi ishtirokini tasdiqladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi