Respublika bo‘ylab «Toza havo» oyligining birinchi bosqichi davom etmoqda. Unda 10 apreldan hozirgi kunga qadar 58 ming 822 ta avtomobil ekologik nazoratdan o‘tkazildi.
Ekologiya vazirligining qayd etishicha, bu «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 16, 17 va 28-moddalari hamda «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi Qonunning 11-moddasi talablari ijrosini ta’minlash hamda avtotransport vositalarining ekologik holati yuzasidan davlat ekologik nazoratini olib borish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Tadbir davomida 518 ta transport vositasi atmosferaga me’yoridan ortiq zararli moddalar chiqarayotganligi aniqlangan. Holatlar yuzasidan jami 303 nafar haydovchiga nisbatan MJtKning tegishli moddalari bilan jami 50,1 mln so‘m jarima qo‘llanilgan. Shuningdek, 222 ta transport vositasining harakati vaqtincha to‘xtatilgan.
«Toza havo» oyligining joriy yildagi 2-bosqichi 10 mayga qadar davom etadi. Tadbir davomida jami 200 mingta avtotransport vositalarini ekologik nazoratdan o‘tkazish belgilangan», – deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi