«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu jamoa hujumchisi Lionel Messi bilan yangi shartnoma imzolash borasida yuzaga kelgan qiyinchiliklar haqida gapirib o‘tdi.
Messi bilan shartnoma 2018 yilgacha tuzilgan va agar bu shartnoma uzaytirilmasa, futbolchi erkin agentga aylanishi mumkin.
Ayni vaqtda Messi «Barselona»da yiliga 48 million evro miqdorida maosh olmoqda (Soliqlar qiymati chiqarib tashlangach 24 million evro).
UEFA tomonidan qo‘yilgan moliyaviy feyr-pley talabiga ko‘ra, klub tomonidan futbolchilarga to‘lanadigan mablag‘ ishlab topilgan daromadning 65 foizidan oshib ketmasligi lozim hisoblanadi.
«Biz har qanaqasiga ham yangi shartnoma imzolay olmymiz. Chunki 65 foizlik ko‘rsatkichdan biroz oshib ketganmiz. Bizda cheklanmagan resurslar yo‘q va bu bizni xavotirga solmoqda.
Qachonki, to‘lanadigan maosh qiymati juda yuqori bo‘lganda, bu klubning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi», degan Bartomeu As nashriga. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi