
Italiya A Seriyasining 32-turidan o‘rin olgan markaziy to‘qnashuv — “Latsio” – “Roma” derbisi bu safar ham shiddatli va murosasiz ruhda o‘tdi.
Bu gal mezbonlik “Latsio” jamoasiga tegishli bo‘ldi. 47-daqiqada Alessio Romanyoli hisobni ochdi. 69-daqiqada Matias Sule javob goli bilan hisobni tenglashtirdi.
O‘zbekistonlik Eldor Shomurodov 59-daqiqada maydonga tushdi va hujumni kuchaytirishga harakat qildi. U Zidancha fint qo‘llab, Dovbikka xavfli pas uzatdi, lekin vaziyat golga aylanmadi.
Matchdan so‘ng nufuzli siamolaroma.it portali “Roma” futbolchilariga baholar berdi:
🔹 Svilar — 8: yangi shartnoma talabi asosli. Jamoa uchun hal qiluvchi seyvlar qildi.
🔹 Mancini — 5.5: Romanyoliga qarshi qiynaldi. Ba’zi xatolarni Svilar to‘g‘riladi.
🔹 Celik — 6.5: ishonchli. Qanotda Dzakkan’yiga imkon bermadi.
🔹 Ndika — 6: faol harakat qildi, biroq jarima maydonida ehtiyotsizlik bo‘ldi.
🔹 Salemakers — 5: Marushich qarshiligida yo‘qoldi. Jamoaga ta’sir qilmadi.
🔹 Kone — 6: faol yugurdi, ammo natijaga ta’sir ko‘rsatmadi.
🔹 Paredes — 5: 5-daqiqada sariq oldi. Bu o‘yinga salbiy ta’sir qildi.
🔹 Angelino — 6: o‘yini pasaygan. Noaniq paslar ko‘p bo‘ldi.
🔹 Sule — 7: birinchi bo‘limda sust, ikkinchisida gol urib, jonlandi.
🔹 Pellegrini — 5: Ranyeri undan ko‘p narsa kutdi, ammo yana sust o‘yin. 59-daqiqada Shomurodov bilan almashtirildi.
🔹 Dovbik — 5.5: paslar yetkazilmadi. Hujumda yordam ololmadi.
🔹 Shomurodov — 6: qisqa vaqtda harakat qilib, hujumga jon berdi.
🔹 Kristante — 6: Paredes o‘rnida tushdi. Tashabbus ko‘rsata olmadi.
🔹 Ranyeri — 6: derbini yutqazmadi, ammo g‘alaba ham qila olmadi. Uning jamoasi harakat qildi, lekin yetarli emas. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!