O‘zbekiston hakamlari klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida!

1 daqiqa o'qish8.7K
O‘zbekiston hakamlari klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida!
2024 yilning 14 iyunidan 13 iyuliga qadar AQSHda bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston nafaqat futbolchi, balki hakamlar bilan ham iftixorlanadigan bo‘ldi. FIFA tomonidan e’lon qilingan rasmiy hakamlar ro‘yxatida uch nafar o‘zbekistonlik referi nomzodi qayd etildi.

Tarixiy chaqiruv: Tantashev va jamoasi mundialda
FIFAning rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, xalqaro miqyosda tan olingan va tajribali hakamimiz Ilgiz Tantashev klublar o‘rtasidagi mundialda bosh hakam sifatida faoliyat olib boradi.

U bilan birga ikki yordamchi referi — Timur Gaynullin va Andrey Sapenko ham musobaqada hakamlik qiladi. Bu nafaqat ushbu hakamlar uchun, balki O‘zbekiston futbol hakamchiligi tarixi uchun ham yuksak e’tirof hisoblanadi.

Yangi formatdagi ilk chempionat
Buyuk musobaqa — klublar o‘rtasidagi jahon chempionati bu yil ilk marta yangi formatda tashkil etiladi. Unda:
  • 32 ta dunyo klubi ishtirok etadi;
  • Musobaqa 14 iyundan 13 iyulgacha AQSHda o‘tkaziladi;
  • Klassik mundial formatiga o‘xshash guruh va pley-off bosqichlari bo‘ladi.

Bu o‘z navbatida hakamlar uchun ham katta mas’uliyat va imkoniyatdir.

Husanov – “Manchester Siti” safida jahon chempionilikka intiladi
E’tiborlisi, ushbu musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham ishtirok etadi. U klubi — Angliya chempioni “Manchester Siti” bilan chempionlik uchun kurash olib boradi.

Abduqodir uchun bu musobaqa xalqaro maydonda o‘zini yanada ko‘rsatish, jahon futboli diqqat markazida bo‘lish imkoniyati bo‘ladi.

O‘zbekiston mundialda — maydonda ham, hakamlikda ham
Bunday yirik musobaqada o‘zbek futbolchisi va bir vaqtda uch hakamning ishtirok etishi — futbolimiz uchun g‘urur va mas’uliyatdir. Bu nafaqat individual, balki milliy futbol maktabining yetukligiga ishora.

14 iyundan boshlanadigan klublar o‘rtasidagi mundialda futbolchi Abduqodir Husanovga, hakamlarimiz Ilgiz Tantashev, Timur Gaynullin va Andrey Sapenkoga muvaffaqiyat tilaymiz!
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?