date
views 8 364

Shatskix — nima uchun Shomurodov va Dovbikni “Bavariya”, “Yuventus” yoki boshqa grandlar sotib olishi mumkinligi haqida

Shatskix — nima uchun Shomurodov va Dovbikni “Bavariya”, “Yuventus” yoki boshqa grandlar sotib olishi mumkinligi haqida
Paxtakor” prezidentining sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Maksim Shatskix, o‘zi bir vaqtlar Qozog‘istonning “Astana” jamoasida o‘ynagan, Sports24.kz saytiga bergan eksklyuziv intervyusida “Roma” jamoasida to‘p surib kelayotgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov va ukrainalik Artyom Dovbik haqida fikr bildirdi.

— O‘zbek hujumchisi Eldor Shomurodov fevral oyida “Roma”ning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi, ukrainalik Artyom Dovbik esa mart oyida A Seriyasida oyning futbolchisi bo‘ldi. Balki jamoa ikki markaziy hujumchi bilan o‘ynashi kerakdir? Hozirgi futbolda bu mumkinmi?
— Buni murabbiy hal qiladi. Ikki hujumchi bilan ham, uchta bilan ham o‘ynash mumkin. Bu muammo emas. Lekin, menimcha, “Roma”dagi sxema va taktik qarorlar bir hujumchi bilan o‘ynashni nazarda tutadi. Shuning uchun Raneri Dovbik va Shomurodovni navbatma-navbat maydonga tushiryapti.

— Ularning o‘yin uslubida qandaydir o‘xshashlik bormi?
— Ha, bor. Kam-kam farqlar bor. Dovbik, ehtimol, biroz kuchliroq. Lekin o‘yin sifati bo‘yicha ular bir-biriga o‘xshash. Shuning uchun ularni bir vaqtda jamoaga qo‘shishmaydi. Lekin bu, menimcha, aynan shu sababdan emas, balki “Roma” bir hujumchi bilan o‘ynayotgani uchun. Ular bir-biriga teng o‘rnini bosuvchi futbolchilar.

— Shomurodov “Roma” bilan kamroq foyda keltiradigan shartnoma tuzgani aytilmoqda.
— Ha, men ham o‘qidim. Lekin “Roma” – bu oxirgi klub emas. Yevropa futbolida o‘z o‘rniga ega.

— “Roma”da Raneri o‘rnini Stefano Pioli egallashi mumkin deyishyapti. Bu haqda nima deysiz?
— Rim jamoalaridan “Latsio” allaqachon to‘xtab qoldi. “Roma” ham ko‘pincha sust o‘ynamoqda. Mourinoni ham chaqirishgan, ammo ular A Seriyasining kuchli uchligidan hali ham uzoq. Balki o‘zgarish bo‘lar. Agar “Roma” rahbariyati o‘zgarish istasa, demak, ambitsiyalari bor.

— Dovbik o‘z darajasini ko‘rsatmoqda. O‘tgan mavsum La Ligada oyning o‘yinchisi bo‘ldi, gollar bo‘yicha yetakchi edi. Endi esa A Seriyasida oy futbolchisi.
— Unda potensial bor, mahorat va motivatsiya bor. U har bir o‘yinda o‘zini ko‘rsatmoqchi. “Roma”ga keldim va qolaman deb o‘ylamasligi kerak. Yangi va yuqori darajadagi klubga o‘tishni istash mumkin. Asosiysi – motivatsiya!

— Masalan, “Bavariya”ga o‘tish?
— Ha, nega yo‘q? Ular kuzatilayotgan futbolchilar. Shomurodov ham, Dovbik ham. Yoshi ham yaxshi. Dovbik biroz yoshroq, lekin ikkalasi ham futbol uchun yaxshi yoshda.

— “Barselona” haqida nima deysiz?
— “Barselona”ga, ehtimol, yo‘q.

— Balki “Yuventus”?
— Ha-ha, mumkin. Yoki Ispaniyadagi darajasi yuqoriroq jamoalar – “Valensiya”, “Atletiko”.

— “Valensiya”da Ronaldu o‘zgarishlar qiladi, shuning uchunmi?
— Ha, “Valensiya”da katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Ronaldu klubni sotib olmoqchi. Ammo, eng muhimi, futbolchiga mos murabbiy va jamoa topish. Bu juda muhim.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shatskix — nima uchun Shomurodov va Dovbikni “Bavariya”, “Yuventus” yoki boshqa grandlar sotib olishi mumkinligi haqida